
Bobir Abdiholiqov "Nasaf" tarkibida ko‘rinish berdi!
Belarusning "Energetik-BGU" klubi futbolchisi Bobir Abdiholiqov "Nasaf" tarkibida maydonga tushdi. U "ajdarlar"ning "Buxoro"ga qarshi ikkinchi nazorat o‘yinini asosiy tarkibda boshladi.
Hozirda legionerimizning Belarus klubi bilan shartnomasi yakuniga etgan. U ayni payt formasini ushlab turish maqsadida qarshiliklar safida mashg‘ulotlar va nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda. Katta ehtimol bilan u faoliyatini yana legioner sifatida davom ettiradi.
E’tiborli jihati, futbolchi bahsning 13 va 32-daqiqalarida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar