
Bobousmon Baturov keyingi bosqichda
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov mongoliyalik Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga ko‘tarildi.
Mazkur jangning ikkinchi raundida raqib yuzidan jiddiy jarohat oldi va jangni davom ettira olmadi. Natijada aynan shu vaqtga qadar bo‘lgan ochkolar hisoblab chiqildi va yakunda Baturov zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha soat avval jamoamiz vakillari orasida birinchi bo‘lib Shunqor Abdurasulov (-64 kg) musobaqani g‘alaba bilan boshlab, keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qilgan edi.
Fikrlar