
Boks. 11 nafar bokschimiz Xabarovskdagi turnir finaliga chiqdi!
Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning Xabarovsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirining erkaklar o‘rtasidagi yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, final oldi bahslarida ishtirok etgan vakillarimizning barchasi g‘alabaga erishdi va finalga yo‘l oldi.
Bugun janglarini o‘tkazib finalga yo‘l olgan bokschilarimiz:
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-80 kg: To‘rabek Habibullaev
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Musobaqaning final janglari ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar