Boks. Ayollar terma jamoamiz Xalqaro musobaqaga jo‘nab ketishdi

  • 22.12.2024 15:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

22-26 dekabr kunlari Rossiya davlatining Moskva viloyati, Serpuhov tumani ayollar o‘rtasida Xalqaro turnirga mezbonlik qiladi. “Lesnaya Opushka” sport ba’zasida o‘tkaziladigan bahslar 12 vaznda tashkil etiladi. Janglarga terma jamoamiz 10 nafar bokschi bilan yo‘l oldilar.

Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

-48 kg: Robiya Baxtiyorova
-50 kg: Gulsevar G‘anieva
-52 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-54 kg: Aziza Yoqubova
-57 kg: Xumorabonu Ma’majonova
-63 kg: Odinaxon Ismoilova
-70 kg: Oysha Toirova
-75 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova
+81 kg: Oltinoy Sotimboeva

Murabbiylar: Islom Tadjibaev, Ziyatdinbek Toyg‘onboev, Akmal Qosimov, Jamol Po‘latov.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!