Boks. Bugun tarix yoziladi!

  • 15.03.2025 17:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Serbiyada davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun final janglari bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, ushbu bosqichga -66 kg vaznda vakilamiz Navbahor Hamidova etib kelgan. Bokschi qizimizga oltin medal uchun kechadigan bahsda, jahon va Olimpiada chempioni, turkiyalik Busenaz Syurmeneli raqiblik qiladi. Navbahor oltin yoki kumush medalni qo‘lga kiritishidan qat’iy nazar, boksimiz tarixida o‘zining yorqin nomini qoldiradi. Sababi, shu kungacha jahon birinchiliklarida ayollar boksida eng yuqori natijamiz bronza medali bo‘lgan.

Navbahor Xamidovaga ushbu muhim jangda omad tilaymiz! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
16/03/2025 20:21
Омадини берсин