Boks. Jahon chempionatidagi ishtirokimiz haqida qiziqarli faktlar bilan tanishing!

  • 15 sentabr, 19:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi. Qkyida bizning ishtirokimizga oid eng qiziq faktlar bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

1. O‘zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiligida ilk bor 6 ta oltin medal oldi;

2. Yigitlarimiz 6 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan erkaklar terma jamoalari orasida birinchi bo‘lishdi;

3. Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi;

4. Erkaklar o‘rtasida barcha vazn toifalaridagi oltin medallar faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi;

5. Abdumalik Xalokov va Akmaljon Isroilov barcha janglarda har bir raundni 5:0 hisobida o‘z foydalariga yozdirib qo‘yishdi;

6. To‘rabek Habibullaev, Akmaljon Isroilov, Javohir Ummataliev va Fazliddin Erkinboev birinchi bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashishdi va ilk urinishdayoq oltin medalga sazovor bo‘lishdi;

7. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini (1 ta kumush va 3 ta bronza) takrorladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
15/09/2025 20:29
Yashasin bokschilarimiz.