
Boks. Jahon kubogini g‘alaba bilan boshladik!
Xabaringiz bor, 1 dan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ilk kunda 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
Hozirgina -55 kg da Mirazizbek Mirzahalilov va Shvetsiya vakili Nebil Ibrahim jangi yakunlandi. Hamyurtimizning katta ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Mirzahalilov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, oldinda bizni Iqboljon Xoldarov va Damian Durkach (Polsha) qarama-qarshiligi kutmoqda. Ushbu jang taxminan, 03:45 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi.
Fikrlar