Boks. O‘zbekiston chempionati start olmoqda
27 iyulga qadar Andijon viloyatida o‘smirlar (U-17) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan ushbu musobaqada 400 ga yaqin bokschilar ishtirok etishi kutilmoqda. Janglar 22 iyuldan boshlab start oladi.
Birinchilik dasturi bilan yuqoridagi suratda tanishib chiqishingiz mumkin!

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar