
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga litsenziya jamg‘arish bo‘yicha Osiyoda tengsiz bo‘ldi!
Xabaringiz bor, 26 iyuldan 11 avgustgacha Frantsiyaning Parij shahrida Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha ushbu musobaqaning barcha yo‘llanma beruvchi turnirlari yakunlandi va terma jamolar qo‘lga kiritgan litsenziyalar aniq bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan o‘yinlarda boks bo‘yicha eng ko‘p litsenziyani Okeaniya mintaqasi vakili Avstraliya terma jamoasi qo‘lga kiritdi. "Yashil qit’a"dan ushbu Olimpiadada naqd 12 ta vaznda bokschi ishtirok etadi. Bu borada ikkinchi o‘rindan O‘zbekiston terma jamoasi joy oldi. Vakillarimiz 4 yillikning eng nufuzli turnirida 11 ta vazn toifasida ishtirok etadi. Terma jamoamiz ushbu natija orqali Osiyo qit’asida birinchi o‘rinni egallashdi.
Dunyo bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Braziliya, Irlandiya va Qozog‘istonlik bokschilar joy olishgan. Ushbu davlat vakillarida 10 tadan litsenziya bor.
Bundan tashqari O‘zbekiston va qo‘shnimiz Qozog‘iston terma jamoalari erkaklar vaznida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi. Ayollarda ushbu rekord Irlandiya va Avstraliyaga tegishli. Ular ham to‘liq tarkibda ayollar musobaqalarini boshlashadi.
Fikrlar