
Boks. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk kunida qaysi sportchilarimiz ringga chiqadi?
Ertaga Chernogoriyaning Budva shahri Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlanadi. Musobaqaning dastlabki kunida 4 nafar yoshlarimiz ringga ko‘tariladi.
O‘z bahsini o‘tkazadigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-63,5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Kailoa Atger (Poliniziya)
-67 kg: Akbar Ahmadov - Fajardo Pacheko (Venesuela)
-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov - Jose Luiz Sanero (Ispaniya)
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Maksimilian Alan Figura (Pol’sha)
Ma’lumot uchun, hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglar Toshkent vaqti bilan 14:00 da start oladi.
Fikrlar