Boks. Yoshlarimiz jahon chempionatida 13 ta medalga sazovor bo‘ldi!

  • 5 noyabr, 2024, 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

E’tiborlisi, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Barcha g‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov
-57 kg: Samandar Olimov
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov
-86 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Halimjon Mamasoliev

Kumush medal:
-75 kg: Jafarbek Shaxbozov
+92 kg: Shahzod Polvonov
-48 kg: Jasmin Tohirova
-81 kg: Ruxshona Parpieva
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Bronza medal:
-54 kg: Sobirjon Tastanov
-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov
-70 kg: Oysha Toirova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fah
05/11/2024 21:25
Козоклар биз биринчи булдик дейишаяпди! Ким нечанчи уринда узи?
Baxil Alihuja
Fah
06/11/2024 00:14
козоклар умумий хисобда 1-урин.
бизлар факат эркаклар буйича 1