Bo‘lajak “el klasiko” Anchelottining “Real”dagi faoliyatiga nuqta qo‘yadi

  • 6 may, 10:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning tajribali bosh murabbiyi Karlo Anchelotti og‘ir o‘tayotgan joriy mavsumdan keyin Madridni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis va klub mutasaddilari o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishning aniq sanasi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Unga ko‘ra, 11 may kuni “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan 35-tur o‘yini Karlo Anchelottiga “Real” bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi uchrashuv bo‘ladi va shu bahsdan keyin uning iste’fosi rasman e’lon qilinadi.

Anchelotti uzoq yillik faoliyati davomida Madrid superklubida ikki marotaba bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya va Evropada bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 65 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozilik bergan. U besh karra jahon chempionlarini 2026 yilgi mundialga puxta tayyorlashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!