Bo‘ldi, Zlatanning "Milan"dagi taqdiri hal!
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zining "Milan"dagi taqdiriga oydinlik kiritdi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi “rossonerilar” safida amaldagi shartnomasi oxirigacha to‘p suradi va shundan so‘ng boshqa jamoaga ketadi. U katta ehtimol bilan Shvetsiyaga qaytadi va o‘ziga tegishli bo‘lgan "Xammarbyu" klubi safida o‘ynaydi.
Ibragimovich “Milan” safiga qishki transferlar davrida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Uning shartnomasi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar