
«Borussiya» Bundesliga rekordini takrorladi
Dortmundning «Borussiya»jamoasi Bundesliga rekordini takrorladi. Ular Bundesliga doirasidagi 22 o‘yinda 63ta gol urishga erishdi.
Germaniya chempionati doirasidagi 22 tur o‘yinida dortmundliklar o‘z uylarida «Ayntraxt» ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Shunday qilib, Lyusen Favr jamoasi o‘zinining 63 golini kiritdi.
Opta nashri esa bu aynan rekordning qayta takrorlanishi ekanligini aytib o‘tdi.
Xuddi shunday rekordni «Bavariya» 1973/74 yilgi hamda «Gamburg» 1981/82 yilgi mavsumlarda qayd etishgan.
Fikrlar