
"Borussiya D" Angliya terma jamoasi futbolchisini tarkibda saqlab qolmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati yozda angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem jamoadan ketmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda Bild nashri muxbiri Kristian Falk xabar tarqatmoqda.
"Dortmundliklar hali ham Jude Bellingemning qolishidan umidvor. Klub unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Unga ko‘ra futbolchi yiliga 15 million evro maosh oladi va jamoada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Muzokaralar mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Agar Bellingem yangi shartnomani imzolasa, bu Marko Roysning ketishiga yoki uning maoshi kamayishiga olib kelishi mumkin”, — deb yozgan Falk.
19 yoshli Bellingem joriy mavsum “Borussiya” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar