"Borussiya D" "Barselona" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 20.06.2019 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona" himoyachisi Mateu Morey bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 19 yoshli ispaniyalik futbolchi nemis klubi safiga erkin agent sifatida bori qo‘shilgan va 5 yillik shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, Morey kataloniyaliklar safini mojaroli tarzda tark etdi. Boisi, “ko‘k-anor ranglilar” unga shartnomani uzaytirishni taklif qilishgan, ammo u rad etgan.

Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 300 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!