“Borussiya D” EChL to‘purarlaridan birini sotib olishga yaqin turibdi

  • 22 iyun, 2022, 16:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" hujumchisi Sebastyan Aller "Borussiya D" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

“Voetbal International” nashrining xabar berishicha, dortmundliklar Aller uchun "Ayaks"ga rasmiy taklif bilan chiqqan. Nemis klubi futbolchi uchun 33 million evro to‘lamoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Insayder Fabritsio Romanoning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.

27 yoshli hujumchi "Ayaks" sharafini 2021 yilning yanvaridan buyon himoya qilib keladi. Forvard o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatining 31 uchrashuvida ishtirok etib, 21 gol va 11 assist muallifiga aylangan. Qolaversa, u Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi 8 uchrashuvda 11 golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

“Transfermarkt” portali Sebastyan Allerni 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!