"Borussiya D" rahbariyati "Liverpul"ning taklifini javobsiz qoldirmoqda

  • 12 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Liverpul”ning yozgi transferdagi asosiy maqsadi hisoblanadi. CaughtOffside nashri xabariga ko‘ra, ingliz giganti allaqachon Bellingem uchun nemis grandiga 84 million funtlik (taxminan 95 million evro) taklif yuborgan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, dortmundliklar hozircha APL klubining ushbu taklifiga javob qaytargani yo‘q. “Borussiya” boshqa klublardan taklif kutmoqda. Boisi Bellingemga "Real", "Manchester Siti" va PSJdan ham jiddiy qiziqishlar bor.

Mashhur  Transfermarkt portali ekspertlari 19 yoshli Judni 120 million evroga baholashmoqda. U joriy mavsum "Borussiya" safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!