"Borussiya" Dortmund o‘z safiga Germaniya terma jamoasi a’zosini qo‘shib oladi

  • 22 may, 2019, 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi xavbeki Yulian Brandt joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha 23 yoshli germaniyalik futbolchining yangi jamoasi “Borussiya” Dortmund bo‘ladi. Dortmundliklar uning transferi masalasida “dorishunoslar” bilan allaqachon kelishuvga erishishgan. Brandt uchun ular 25 mln evro to‘lashadi. Futbolchining o‘zi esa 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Brandt joriy mavsum Bundesligada jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!