"Borussiya" futbolchilari klubga yordam berish uchun kamroq maosh olishga qaror qilishdi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi futbolchilari koronavirus sabab maoshining bir qismidan voz kechishdi. Bu haqda Sportbuzzer nashri xabar bermoqda.
Aytish kerakki, COVID-19 virusi sabab Bundesliga o‘yinlari ham to‘xtatib qo‘yildi. "Borussiya" esa bu holatda jiddiy moliyaviy inqirozga duch kelmoqda. Shu bois klub futbolchilari, murabbiylari va rahbariyati jamoaga yordam berish maqsadida o‘z maoshlarining bir qismidan voz kechishga qaror qilishgan.
Rheinischen Post nashrining yozishicha klub buning ortidan har oy kamida 1 million evrodan ortiqroq mablag‘ni tejab qolishi mumkin.

Fikrlar