"Borussiya" futbolchisi Bundesliganing boshqa bir klubi safiga ko‘chib o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daniyalik yarim himoyachisi Yakob Bruun Larsen Dortmundning "Borussiya"sidan Bundesliganing boshqa bir klubi "Xoffenxaym" tarkibiga borib qo‘shildi.

Kelishuvga ko‘ra, Larsenning transferidan dortmundliklar 9 million evro ishlab oladi, shuningdek ushbu summa futbolchining keyingi natijalariga qarab 10 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Larsen joriy mavsumda Bundesliga bahslarida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!