"Borussiya" Sancho o‘rniga MYu sobiq futbolchisini olib kelmoqchi

  • 31 iyul, 2020, 16:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" "Lion" hujumchisi Memfis Depay transferiga qiziqish bildirmoqda.

Bild nashriga ko‘ra, "asalarilar" niderlandiyalik futbolchini "Manchester Yunayted"ga yo‘l olishi kutilayotgan Jeydon Sanchoning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, yangi mavsumda "Lion" Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi ortidan xavbek nemis klubi taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Depay 2015 yildan 2017 yilgacha "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!