
"Borussiya" sardori Xolandni jamoada qolishga chaqirdi
"Borussiya Dortmund" sardori Marko Roys jamoa futbolchisi Erling Xolandni klubda qolishga undadi. Uning aytishicha, futbolchi bu erda o‘zini ko‘proq qadrlashi mumkinligini aytdi.
"Biz bilan qol. Biz bilan rivojlanishing uchun bu erda hamma narsa etarli. Klubda sen ChLda ishtirok etishing, gollar urishing va o‘zingni maksimal darajada qadrlanayotganingni his qilishing mumkin.
U o‘zini qaerda yaxshi his qilishi mumkinligi borasida qaror qilishi kerak. Agar u ketsa, bu yaxshi ish bo‘lmaydi. Biroq usiz ham, biz yo‘limizda davom etaveramiz va bunga bir jamoa sifatida echim topa olamiz, deb o‘ylayman", - dedi Roys.
Fikrlar