
"Borussiya ten Xag va 2ta murabbiy variantini ko‘rib chiqmoqda
"Borussiya Dortmund" Nuri Shaxinni bo‘shatgach, yangi bosh murabbiy izlashga kirishdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, nemis klubining bosh murabbiylik lavozimiga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Qisqa ro‘yxatda Roger Shmidt, Niko Kovach va Erik ten Xag kabi mutaxassislar bor.
"Borussiya" joriy Bundesligada qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda. Dortmund klubi 25 ochko to‘plab, turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda. "Asalarilar" navbatdagi uchrashuvini uy maydonida Bremenning "Verder" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar