"Borussiya" Xolandni saqlab qolish uchun bu ishni qilishga tayyor
Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland yozgi transfer bozoridagi eng xaridorgir futbolchilardan biri bo‘ladi. Boisi, Evropaning ko‘plab grand klublari unga qiziqish bildirmoqda.
Biroq, “Borussiya” Dortmund rahbariyati Xolandi yana bir mavsum o‘z safida saqlab qolish umidini yo‘qotmayapti. Bild nashri xabariga ko‘ra, nemis grandi norvegiyalikga ikki barobar ko‘p maosh to‘lashga tayyor. Aniqrog‘i uning maoshini yiliga 8 dan 16 million evroga ko‘tarishmoqchi.
Shuningdek, Xoland “Borussiya”ning texnik homiysi – Puma kompaniyasi o‘rtasida foydali homiylik shartnomasini tuzishi mumkin.
Erling Xoland "Borussiya"dagi ikki yillik faoliyati davomida jami 75 ta o‘yin o‘tkazdi va ularda 76 ta gol urdi.

Fikrlar