
"Borussiya"ning sobiq bosh murabbiyi APLda ish boshlashi mumkin
O‘tgan mavsum "Borussiya" bilan Chempionlar ligasi finaligacha etib borgan Edin Terzich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Vest Xem" Xulen Lopetegini o‘z lavozimidan ozod qilsa, uning o‘rniga ayni paytda ishsiz yurgan Terzichni olib kelish haqida o‘ylamoqda.
Murabbiy bu taklifni qabul qilish ehtimoli yuqori. Unga "bolg‘achilar" jamoasi begona emas. 2015-2017 yillarda nemis Slaven Bilichning yoramchi murabbiyi bo‘lgan. Shundan keyin dortmundliklar safiga borib qo‘shildi va o‘tgan mavsum klub bilan xayrlashdi.
Londonliklar uchun mavsum juda yomon boshlandi. Yozda ispaniyalik murabbiy bilan shartnoma imzolagan va bir nechta yaxshi transferlarni amalga oshirgan klub ayni paytda APLda 15-o‘ringa joylashgan. Qo‘shimchasiga jamoa yirik hisobdagi mag‘lbuiyatlarni qabul qilib olmoqda: "Liverpul" (5:1), "Chelsi" (3:0), "Tottenxem" (4:1) va "Manchester Siti" (3:1).
Ammo "Vest Xem" Terzich uchun kurashda yolg‘iz emas. Italiyadan "Milan" ham 41 yoshli mutaxasisga qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar