Bosh vazir sport tadbirlari o‘tkazishni ta’qiqladi
Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakatda sport tadbirlarini 14 iyunga qadar o‘tkazishni ta’qiqladi. "Sport Mediaset" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu qaror mamlakatda koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu tariqa, 13 iyunda davom ettirilishi rejalashtirilgan A Seriya uchrashuvlari restarti kamida yana bir haftaga kechikishi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, Italiya cport vaziri Vinchentso Spadafora tibbiy bayonnomaning (protokol) mavjud emasligi sababli, jamoaviy mashg‘ulotlarni qayta boshlashni kechiktirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
Protokol tasdiqlanmaguncha, futbolchilar individual ravishda klub bazalarida mashq qilishni davom ettiradilar. A Seriyaning to‘qqiz klubi dastlabki tibbiy protokolga qarshi chiqishgan edi. Unda agar, futbolchilardan birida koronavirus aniqlasa, butun jamoa 14 kunlik majburiy karantinga olinishi to‘g‘risida band mavjud edi.

Fikrlar