"Boston"ni katta finaldan 1 qadam ajratib turibdi

CHERY AUTO

Milliy basketbol assotsiatsiyasida bosh sovrin uchun kurash olib borayotgan jamoalar bahsi tobora o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun Sharqiy mintaqa finalining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Katta final bu bosqichga "Boston" va "Klivlend" jamoalari etib kelishgan edi. To‘rtinchi seriyadan keyin hisob 2:2 bo‘lib turgani tomonlarning ancha murosasiz o‘yin ko‘rsatayotganidan dalolat bermoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydon egalari "Boston seltiks" ishonchli o‘yin namoyish etib, 96:83 hisobida ustun keldi. Shu tariqa ular kelgusi bahsda g‘alaba qozonishsa, g‘arbiy mintaqa g‘olibi bilan kechadigan katta finalga yo‘l olishadi. 

"Boston" – "Klivlend" 96:83 (32:19, 21:23, 23:18, 20:23) seriyalar bo‘yicha hisob – 3:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!