Brazilia Shotlandiyani yirik hisobda mag‘lub etib, guruh g‘olibi bo‘ldi
Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda Braziliya terma jamoasi Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mayami shahridagi "Xard Rok Stedium"da o‘tgan uchrashuvda hisob 7-daqiqada ochildi. Rayan Rosha raqib himoyachisi Skott Makkennadan to'pni olib qo‘ygan, Vinisius Zunior vaziyatdan unumli foydalandi.
22-daqiqada "Real" vingeri ikkinchi bor gol urdi. Biroq VAR yordamida epizod tekshirilganidan so‘ng, Vinisiusning Jek Hendriga qarshi qoidabuzarligi aniqlandi va gol bekor qilindi.
Shunga qaramay, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Vinisius dubly rasmiylashtirdi. U Brunu Gimaraeshning uzatmasini bosh bilan darvozaga yo‘lladi.
60-daqiqada esa Mateus Kunya hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Bu safar ham golli uzatma muallifi Brunu Gimaraesh bo‘ldi.
Uchrashuvning 76-daqiqasida Neymar maydonga tushirildi. Shu tariqa, yulduz futbolchi 2023 yildan beri ilk bor Braziliya terma jamoasi safida rasmiy o‘yinda qatnashdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Braziliya 7 ochko to‘plab, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Shotlandiya esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.

Fikrlar