Braziliya terma jamoasi final oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 04.07.2019 13:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi vingeri Villian Peruga qarshi bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogi final uchrashuvida ishtirok etolmasligi mumkin.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli “Chelsi” futbolchisi son mushaklaridan jarohat olgan.

Ma’lumot uchun, Villian hozircha ushbu musobaqada 4ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya – Peru uchrashuvi 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!