Braziliya terma jamoasi katta yo‘qotishga yuz tutdi

  • 07.06.2026 14:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati arafasida Braziliya terma jamoasi himoyachisi Uesli Misrga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oxirigacha oʻtkaza olmadi.

AQSHning Klivlend shahrida boʻlib oʻtgan bahs braziliyaliklarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻolib jamoa safida Brunu Gimarains va Endrik gol urdi. Misr terma jamoasining yagona goliga Mustafo Ziko mualliflik qildi.

Uesli uchrashuvning 17-daqiqasida almashtirildi va maydonni katta qiyinchilik bilan tark etdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 22 yoshli futbolchi chanogʻ sohasidagi mushaklaridan jarohat olgan.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu holatga munosabat bildirdi.

- Ueslini yoʻqotish achinarli. Endi tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak. Har qanday holatda ham uning oʻrnini bosadigan yaxshi futbolchilarimiz bor, - dedi Karlo Anchelotti.

Jahon chempionatida Braziliya “S” guruhida Marokash, Gayti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Misr esa G guruhida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!