
Braziliyalik yulduz “Real”ga o‘tmoqchi!
“Tottenxem” hujumchisi Risharlison faoliyatini “Real”da davom ettirishni orzu qilayotganini ochiqchasiga tan oldi.
Shunga qaramay, braziliyalik yulduz bu transferni amalga oshirish oson emasligini bilishini ta’kidladi. Sababi shundaki, “Tottenxem” Risharlisonni qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘ sarflagan va osonlikcha qo‘yib yubormaydi.
- Har bir futbolchi “Real” libosini kiyishni orzu qiladi. Bu jahondagi eng buyuk klub. Lekin mening hozir shartnomam bor.
Men birinchi navbatda nega transferim uchun katta summa sarflanganini maydondagi o‘yinim bilan oqlashim kerak. Har qanday o‘yinchi kabi “Real”da o‘ynashni orzu qilaman, - dedi Risharlison.
Fikrlar