
"Brentford" O‘rinboev bilan xayrlashdi
"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboevni "Brenftord" yarim mavsumga ijaraga olgandi. Klub futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolamaydigan bo‘ldi.
Gap shundaki, bitimda 19 yoshli futbolchini sotib olish optsiyasi ham bor edi. Klub bu bandni faollashtirmaslikka qaror qildi va O‘rinboev bilan xayrlashdi.
Muhammadali endilikda "Paxtakor" safiga qaytadi. Uning shartnoma muddati shuddati 2024 yilning dekabr oyigacha amal qiladi.
Fikrlar