BRIKS o‘yinlari. Delegatsiyamizning dastlabki medalini sinxron suzuvchimiz Diana Onkes qo‘lga kiritdi!

  • 13 iyun, 2024, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun Rossiya federatsiyasining Qozon shahrida xalqaro BRIKS o‘yinlari start oldi. Musobaqaning dastlabki kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Jumladan, sinxron suzuvchimiz Diana Onkes shohsupaga ko‘tarildi.

Tecno

Hamyurtimiz texnik solo dasturida bronza medali sohibiga aylandi. Mazkur yo‘nalishda oltin medal rossiyalik uch karra Olimpiada chempioni Svetlana Kolesnichenkoga nasib etgan bo‘lsa, belaruslik jahon chempionati sovrindori Vasilina Xondoshko shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Oltin - Svetlana Kolesnichenko (Rossiya)
Kumush - Vasilina Xondoshko (Belarus)
Bronza - Diana Onkes (O‘zbekiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!