Brozovich "Barselona"ga transfer qilinishi mumkin edi, biroq...

  • 11 sentabr, 2021, 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yarim himoyachisi Martselo Brozovich faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin edi.

Tecno

Fichajes tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar joriy yozgi transferlar davrida 28 yoshli futbolchi masalasida “neradzurrilar” bilan muzokaralar o‘tkazgan. Lekin yakunda tomonlar kelishuvga erisha olishmagan va transfer barbod bo‘lgan.

“Barselon” Brozovichning transferiga himoyachisi Emerson Aparesidoni qo‘shib berish taklifini bildirgan, biroq “Inter” ushbu futbolchiga qiziqish bildirmagan.

Brozovich "Inter" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 244 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25 ta gol hamda 32 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!