Bruno Fernandesh: "MYuga yana 1-2 ta tajribali futbolchi kerak"

  • 4 avgust, 14:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh “Everton” bilan o‘yindan keyin o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
 
“AQShdagi turnir jamoamiz uchun yaxshi o‘tdi. Biroq bugungi o‘yinda biz biroz dangasaroq ko‘rindik, buni o‘zgartirishimiz kerak. Tanqida qilmoqchi emasman, ammo klub moliyaviy vaziyatini hisobga olgan holda qo‘lidan kelganini qilmoqda. Lekin jamoada futbolchilar o‘rtasidagi raqobat yanada kuchliroq bo‘lishi zarurligi aniq ko‘rinib turibdi. Barcha o‘yinchilar faolroq o‘ynashga undash va asosiy tarkibga tushish uchun ko‘proq harakat qilishga majbur etish maqsadida jamoaga yana bir, ikkita malakali futbolchilar olib kelishimiz kerak.
 
Menimcha, klub va murabbiy aynan shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Umid qilamanki, bizga bu borada yordam bera oladigan bir nechta futbolchilarni jamoamizga qo‘shib olamiz”,- dedi “qizil iblislar” jamoasi sardori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!