
Bruno Fernandeshning Ronaldu bilan munosabati qay darajada? Futbolchining o‘zi javob berdi
"Manchester Yunayted" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh termadagi sherigi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o‘tdi.
"Krishtianu uchun gol yaratib berishdan osoni yo‘q. Hamma uning boshqalardan ustun ekanini biladi.
Men u bilan Portugaliya terma jamoasida yaxshi munosabatdaman. "Manchester Yunayted"da qanday bo‘lsa, termada ham shunday iliq munosabat saqlanib qolgan", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bugun tunda Portugaliya terma jamoasi "Evro-2024" saralash turniri doirasida Slovakiyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi va Evropa chempionati guruh bosqichiga muddatidan oldin yo‘l oldi. Ushbu bahsda Ronaldu ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar