Brunu Fernandesh — eng yaxshi futbolchi deb topildi

  • 16.05.2025 15:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa muxlislari ovoz berishida g‘olib chiqib, 2024/25 yilgi mavsumda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik futbolchi ushbu sovrinni to‘rtinchi marta qo‘lga kiritdi va Krishtianu Ronaldu hamda David De Xea bilan tenglashdi — bu klub tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 19 ta golli pas bilan jamoasiga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!