Brunu Fernandes APL tarixidagi rekordni takrorladi
"Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya premier ligasidagi assistlar bo‘yicha tarixiy natijani takrorladi.
Portugaliyalik futbolchi 37-turda “Nottingem Forest”ga qarshi uchrashuvning 76-daqiqasida Brayan Mbёmoga golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu Brununing joriy mavsumdagi 20-assisti bo‘ldi. APL tarixida bunday natijaga faqat Tyerri Anri (2002/03) va Kevin de Bryune (2019/20) erishgan edi.
Joriy mavsumda “Manchester Yunayted” yana bitta o‘yin o‘tkazadi. “Qizil iblislar” 24 may kuni “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar