Brunu Fernandesh MYu tarixida eng ko‘p assist qilgan 5-futbolchiga aylandi

  • 20 oktabr, 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh klub tarixida Premer-liga doirasidagi eng ko‘p golli uzatmalar soni bo‘yicha beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Tecno

Yakshanba kuni u "Liverpul"ga qarshi bahsda (2:1) g‘alaba goliga pas berdi va o‘z hisobidagi assistlar sonini 52 taga etkazdi. Bu natija bilan u Erik Kantonadan (51) oshib ketdi.

"Qizil iblislar" tarixidagi mutlaq rekord Rayan Giggzga tegishli — 162 assist. Shuningdek, reytingda Ueyn Runi (93), Devid Bekxem (80) va Pol Skoulz (55) ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!