"Bu birinchisi emas" - Masharipov Katanetsning yo‘qligiga munosabat bildirdi!

  • 7 oktabr, 2024, 21:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasida 3-tur uchrashuvlari boshlanish arafasida. 

Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasini Eronga qarshi o‘yin kutib turibdi. "A" guruhining etakchilari o‘rtasidagi bellashuv 10 oktyabr kuni soat 19:00da start oladi. O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi. 

Ayni vaqtda termamiz futbolchilari Eronga qarshi bellashuvga tayyorgarlik jarayoniga kirishgan. "Oq bo‘rilar" etakchilaridan biri bo‘lgan Jaloliddin Masharipov mashg‘ulotlardan avval jurnalistlar tomonidan yo‘llangan bir qator dolzarb savollarga ochiq javob berdi: 

- Boshqa terma jamoalarni hurmat qilgan holda, mana shu bellashuvlarni kutdik, deya olaman. Mana shu kunlar ham etib keldi. Barchamiz avvalgi yig‘inga qaraganda yaxshiroq sport formadamiz va hamma klublarida pik darajasida o‘ynashni boshladi. BAAga qarshi bellashuvda Braziliyaga qarshi o‘ynaymiz desa ham bo‘ladi. Sababi, braziliyalik yigitlar BAA pasportini olgan. Yaxshi bellashuvlar bo‘ladi va ikki bahsda ham g‘alaba uchun harakat qilamiz. 

- Eron terma jamoasi kuchsiz, deb ayta olmayman. Ular bizni hurmat qiladi. Bunga biz majbur qila oldik, deb o‘ylayman. Nasib etsa, mazkur o‘yinda ularni ham hurmat qilib va o‘zimizni ham hurmatimizni qilib 3 ochko qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. 

- Terma jamoa bosh murabbiyi bilan bu voqea ilk bora sodir bo‘lmayapti. Uning ba’zan tobi qochib turadi. Biroq bunga futbolchilar doim tayyor. Sababi, u bizdan nima talab qilishini bilamiz. Katanets bo‘lsa yaxshi, ammo bo‘lmasa ham uni xuddi oldimizda kabi o‘zimizni his qilamiz. Uning talablarini avtomatik bajarish futbolchilarga singib bo‘lgan. Shuning uchun, vaqtincha biror murabbiyni olib kelish fikriga biroz qarshiman. Negaki, Katanetsning sharofati bilan avval yuta olmagan va hatto gol ura olmagan termalarimizga gollar urib, ancha yaxshi natijalar qayd etdik. Srechko oldimizda bo‘lmasa ham doim biz bilan aloqada. 

Ta’kidlash kerak, bosh murabbiyimiz Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ushbu yig‘inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoamizni yordamchi murabbiylar Aleish Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlashadi. Srechko Katanetsga salomatlik tilaymiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!