
Bu endi feyk emas! Futbol olamining mashhur vakili vafot etdi
Mashhur futbol agenti Mino Rayola 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda agentning oilasi Tvitterda ma’lum qildi.
O‘lim sababi – uzoq davom etgan kasallik. Agent so‘nggi bir necha haftani kasalxonada o‘tkazdi.
Rayola agentlik sohasida 1990 yillarning boshidan buyon ishlab kelayotgan edi. U Zlatan Ibragimovich, Erling Xoland, Matteys de Ligt, Janluiji Donnarumma, Pol Pogba, Marko Verratti, Genrix Mxitaryan va boshqa mashhur futbolchilarning agenti bo‘lgan.
Fikrlar