Gvardiola yulduz futbolchi uchun 100 million so‘rayapti

  • 26 iyun, 2022, 21:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” rahbariyati jamoa futbolchisi Bernardu Silvani sotib yuborishga qaror qildi.

Klub portugaliyalik futbolchiga  100 million evro miqdorida tovon puli belgiladi.

Silva “Benfika” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Portugaliya chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin u “Monako”ga ko‘chib o‘tgandi.

“Manchester Siti” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchini 2017 yilda 50 million evro evziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Bernardu mavsumni 50 o‘yinda kiritilgan 13 ta gol va ettita assist bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!