Bu futbolchi bunacha turmaydi! "Arsenal" va "Siti" Angliya terma jamoasi oʻyinchisi uchun 67 million yevro toʻlashdan bosh tortdi

  • 10.06.2026 08:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" hozircha o‘ng qanot himoyachisi Tino Livramento sotishga shoshilmayapti. 23 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqish saqlanib qolgan: uning xizmatlariga ham "Arsenal", ham "Manchester Siti" da’vo qilmoqda. 

Ammo TEAMtalk xabariga ko‘ra, har ikki klub ham "qarğalar" belgilagan kamida 58 million funt sterling (67 million yevro atrofida) miqdoridagi talabni qondirishga tayyor emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Arsenal" va "Manchester Siti" Livramentoning salohiyati va Angliya terma jamoasi a’zosi sifatidagi imkoniyatlarini yuqori baholaydi. Shu bilan birga, futbolchining jarohatlarga moyilligi klublarda jiddiy xavotir uyg‘otgan. Shu sababli har ikki jamoa hozir transfer bozorida boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Tino Livramento "Nyukasl" tarkibida 26 ta o‘yin o‘tkazdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi. "Chelsi" tarbiyalanuvchisining Transfermarkt portalidagi taxminiy bozor qiymati 45 million yevro etib ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!