
Bu futbolchi Messidan ham, Ronaldudan ham zo‘r edi
Zamonaviy futbolda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirish odat tusiga aylangan. Yangi asrda bu ikki futbolchi eng ko‘p “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.
Ularning gegemonlik davrida ushbu nufuzli sovringa ega chiqqan Luka Modrich o‘zi uchun eng zo‘r futbolchi kim ekanini aytib o‘tdi.
- Mening nazarimda Diego Maradona tarixdagi eng zo‘r futbolchi. Messi ham buyuk o‘yinchilar qatoriga kiradi, lekin baribir Maradona ustunroq, - dedi Luka Modrich.
Diego Maradona Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan farqli o‘laroq, Argentina milliy terma jamoasini jahon chempioniga aylantira olgan. Diego o‘z davrida Evropaning “Napoli”, “Barselona” va “Sevilya” kabi jamoalarida to‘p tepgan.
Fikrlar