
Bu futbolchi yovvoyi hayvon, raqiblarni uch metrga uchirib yuboradi
“Barselona”ning eng qimmatbaho futbolchisi Pedri yozgi transferlar vaqtida jamoaga kelgan yangi o‘yinchilar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Ektor Belerin bizga ko‘p foyda keltira oladi. U bizga etishmayotgan chap qanot himoyachisidir. Markos Alonso esa, mening do‘stim. Markos juda kuchli jismoniy tayyorgarlikka ega. U jamoamizning o‘yiniga sifat qo‘shadi.
Andreas Kristensen to‘p bilan ishlashda benao‘ir, bo‘yining balandligi jarima maydonchasi ichidagi kurashlarda qo‘l keladi.
Frank Kesse maydonda yovvoyi hayvonga o‘xshaydi. Unga to‘qnash kelgan raqiblarni uch metrga uchirib yuboradi. Mashg‘ulotlarda undan uzoq yurishga harakat qilaman.
Jyul Kunde “Sevilya”da zo‘r o‘ynardi. Uning himoya markazidagi ishonchli harakatlari menga juda yoqadi. U jamoamizga nima bera olishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Rafinya haqiqatan hayratga solganini aytishim kerak. Jamoa foydasi uchun juda ko‘p ter to‘kadi. Har doim harakatda va pressingda juda zo‘r. Zarba berish mahorati bilan kamdan kam futbolchi bahslasha oladi, - dedi Pedri.
Fikrlar