Bu futbolchiga “Barselona” eshigi yopildi

  • 3 noyabr, 2020, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”dan yangi shartnomani qabul qilmagan David Alabaning mavsum yakunlangandan keyin “Barselona”ga erkin agent sifatida o‘tishi aytilgan edi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, avstriyalik universal himoyachi uchun “Barselona” eshiklari yopilgan. Chunki kataloniyaliklar Alaba tekinga kelganda ham u talab qilayotgan maoshni qoplash imkoniga ega emas.

Ayni paytda “Bavariya”dan yiliga 8 million evro olayotgan futbolchi yangi shartnoma uchun 20 million evro maosh so‘ragan talabi qondirilmagani uchun Myunxen klubini tark etmoqda.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!