Bu futbolchiga Manchesterda “non” qolmadi

  • 21 sentabr, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik himoyachisi Diogu Dalot qishki transferlar vaqtida o‘ziga boshqa jamoa qidiradi.

Tecno

O‘tgan mavsumni “Milan”da o‘tkazib, yozda ijaradan qaytib kelgan futbolchi yangi mavsumda ham asosiy tarkibga kira olmayapti. Bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher ko‘proq boshqa futbolchilarga ishonch bildirmoqda va Dalot o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin.

Yozda Evropaning bir necha klublari Diogu Dalotga xaridor bo‘lgandi. Biroq, o‘shanda manchesterliklar uning transferiga ko‘nmagandi. Klub rahbariyati yozgacha bir necha o‘yinchilarni sotib yuborishga qaror qildi. Ular orasida Dalot ham bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!