"Bu haqqoniy futbol" - Asror Aliqulov "Mash’al"ni Superligaga olib chiqqanidan so‘ng nimalarni aytdi?

  • 30 oktabr, 2024, 10:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Muborakning “Mash’al” jamoasi pro liga musobaqasida muddatidan ilgari Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi uchrashuvda “Mash’al” yagona gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va uch yillik tanaffusdan so‘ng Superliga yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. “Mash’al” bosh murabbiyi Asror Aliqulov “Sho‘rtan”ga qarshi bellashuvdan keyin bir qator savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Birinchi navbatda, “Mash’al” muxlislari, butun klubni, homiylarimiz, rahbariyatni, har bir insonni ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, og‘ir uchrashuv kutgandik. Chunki bu derbi. Raqibni bugungi o‘yindan keyin turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasligi imkoniyati bo‘lardi, shu bois bellashuvda raqib tomonidan jiddiy kurash, uzun paslarni kutgandik. Birinchi bo‘limda qaysidir holatlarda sustroq harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Gol urdik, yana qarshi hujumda ham gol urishimiz mumkin edi. G‘alaba uchun barcha futbolchilarga, mashg‘ulotlarda qantashgan va o‘ynagan hamma-hammaga minnatdorchiligimni bildiraman.

- Bugungi uchrashuvda va o‘tgan safargi bahsda ham VAR tizimi qo‘llanilgandi...

- Bizning rahbariyat tomonidan barcha to‘lovlari bajarilmoqda. Buning uchun minnatdorchilik bildiryapmiz. Oxirgi paytlarda biz bu maydonda qiyinchilikka duch kelgandik. Rahbariyat bizni qo‘llab-quvvatlayapti hamda VAR tizimini o‘yinimizga jalb qilyapti. O‘ylaymanki, bundan futbol yutadi, bu haqqoniy futbol. Kuchligi yutsin. Bu qaysidir tomondan futbolchilarga ham, bizga ham bosim bo‘ladi. Rahbariyat xarajat qilyapti, ammo biz eplay olamizmi-yo‘qmi, shu narsada ham xavotirimiz bor edi. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ikkita o‘yindan beri VAR ishlayapti va biz g‘alaba qozonyapmiz.

- VAR xarajatlari katta summani tashkil etadimi?

- To‘g‘risi, qanchaligini bilmayman. Lekin rahbariyatimiz narxi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar o‘sha summani to‘lab berishyapti. O‘yindan bir necha kun avval rahbariyatimiz tarafidan VAR tizimi qo‘llanilayotganidan xabarimiz bor edi. Extiyotkorlik albatta muhim va biz har tomonlama uchrashuvlarga tayyorlanyapmiz.

- Birinchi bo‘limda negadir tashabbus berib qo‘yildi. Bu rejada bormidi?

- Rejada yo‘q edi. “Sho‘rtan”ni 1-daqiqadan katta kuch bilan hujumga tashlanishini kutgandik. 15-20 daqiqa davomida chidashimiz talab qilinardi. “Sho‘rtan” tomonidan bosimni engib o‘tishda qiyinchilikka duch keldik. Ikkinchi bo‘limda esa futbolchilarimiz ancha yaxshi harakat qilishdi.

- Ikkinchi bo‘lim boshida Muhammad Yuldashev o‘rniga Ergash Ismoilov maydonga tushirildi. Bu nimadir bilan bog‘liqmidi?

- Yuldashev birinchi bo‘limda sustroq harakat qildi. Birinchi bo‘limdan keyin biz uni qo‘llab-quvvatlab, ko‘rsatmalar berib yana maydonga tushirmoqchi edik. Ammo o‘zini yaxshi his qilmayotganligi uchun uni almashtirishga majbur bo‘ldik. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchimiz yaxshi to‘p surdi. Ergash Ismoilovni yaxshi o‘yin o‘tkazganidan xursandman.

- Shaxboz Jo‘raevni qizil kartochkasi haqida nima deya olasiz?

- U xissiyotlarga berildi. Jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Keyingi o‘yinimiz o‘z maydonimizda “Buxoro” bilan o‘tadi. Har bir futbolchi, zaxiradagilar ham bizda sanoqli. Ko‘ryapsiz, katta uchrashuvlarda o‘ynash og‘irroq. O‘rniga endi boshqa futbolchini tayyorlaymiz.

- “Sho‘rtan” mavsum boshida eng ko‘p gol o‘tkazib yuborishda to‘rttalikka kirgan. Nega “Mash’al” voha derbisida qiynalyapti?

- Taktik holat, o‘yin tizimi ikkinchi darajaga tushib qolyapti. Ko‘ryapsiz, futbolchilar o‘zini ham, raqibni ham ayamaydilar. Bunday uchrashuvlarda futbolchilarga mahorat, tezkorlik kerak. Raqibda ham, bizda ham gol urish imkoniyatini yaratish qiyin. Derbi o‘z nomi bilan faqat kurashlarga boy. Shu bois bunday bahslarda gollar ko‘p bo‘lishi amrimahol.

- 2020 yili “Mash’al” Superligaga chiqqanida aynan “Sho‘rtan” bilan 1:1 natijasini qayd etib, bu ishni uddalagandi. Oradan 4 yil o‘tib, yana shu an’ana davom etdi. Endi tarkib kuchaytiriladimi?

- Bunday derbilarda qiynalyapmizmi, Superligada har bir o‘yin qiyin. Tarkib kuchayishi kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фаррух Эргашев
30/10/2024 19:21
Омад