Bu hujumchi kelsa, "Barsa"ga juda ko‘p gol urib beradi

  • 27.07.2026 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yangi hujumchi izlamoqda. Klubning sobiq futbolchisi Jofre Mateu klubning yangi markaziy hujumchi xarid qilish rejalariга oʻz munosabatini bildirdi.

Tajriba­li mutaxassis kutilmagan nomzodni taklif etdi. Uning fikricha, kataloniyaliklar sport boʻlishi eʼtiborini «Sporting» safida toʻp surib kelayotgan Luis Suarezga qaratishi kerak.

- Masalan, «Sporting»da oʻynayotgan Luis Suarez varianti nisbatan arzon. Oʻylaymanki, u Olmo, Pedri va Lamin Yamal bilan birga hujum chizigʻiga juda katta taʼsir koʻrsata oladi. 

Luis bir mavsumda 35 tadan koʻproq gol urishga qodir, — deb taʼkidladi Mateu.

Luis Suarez «Sporting» tarkibida 53 oʻyin oʻtkazgan. Shu vaqt ichida u 38 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!